
Toshkentda "BEFIT RACE" musobaqasi o‘tkaziladi
Joriy yilning 22 sentyabr yakshanba kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi ko‘magida sportchilar va havaskorlar o‘rtasida "BEFIT RACE" musobaqasi o‘tkaziladi.
Tadbir Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy "Ekopark" hududida bo‘lib o‘tadi (manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ts-1).
100 ishtirokchi 13 ta sport mashqlari, turli xil to‘siqlar, suzish, yugurish va boshqa bosqichlardan iborat masofani yengib o‘tadilar. Musobaqa dasturida yakka va jamoaviy yo‘nalishlar mavjud.
Musobaqa O‘zbekistonda sportni ommalashtirish va yanada rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, sport bayrami muhitini yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Sizni mamlakatda birinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu tadbirni yoritishga taklif qilamiz. Iltimos, ishtirokingizni oldindan tasdiqlashingizni so‘raymiz.
Barcha savollar bo‘yicha O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi matbuot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin:
Telefon: +998 90 955 86 87
Elektron pochta manzili: doniyor.rasulov@triathlon.org.uz
Telegram: @doniyor_rasulov
Fikrlar