Toshkentda professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda Abbosxon Yo‘ldoshev ham jang o‘tkazadi (poster)

  • 20.02.2023 12:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
26 fevral kuni Toshkent shahrida joylashgan Buka Gym zalida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan boks oqshomi tashkil etilmoqda. Ushbu oqshomda bir qator xorijiy davlatlardan kelgan charm qo‘lqop ustalari va hamyurtlarimiz jang o‘tkazadi. Hozirga qadar e’lon qilingan juftlik bilan tanishing:
 
Ulug‘bek Haqberdiev (O‘zbekiston) - Nodar Robakidze (Gruziya)
 
Viktor Kotochigov (Qozog‘iston) - Sardor Muzaffarov (O‘zbekiston)
 
Shukurjon Rahimov (O‘zbekiston) - Tonike Surmava (Gruziya)
 
Abbosxon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) - Dovrug‘bek Ibragimov (O‘zbekiston)
 
photo_2023-02-20_11-55-24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!