"Tottenxem" "Borussiya D" himoyachisini ko‘zlamoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Mattias Ginter “Tottenxem”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.

Xabarlarga qaraganda “shporlar” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Ginterni ajoyib futbolchi ekanligiga ishonadi va shu sababli uni o‘tgan mavsumdayoq o‘z jamoasi safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq, o‘shanda ushbu transfer amalga oshmay qolgan edi.

Shuningdek, 23 yoshli futbolchiga "Xoffenxaym" klubidan ham takliflar bo‘lmoqda. Dortmundliklar esa futbolchisini 17 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Ginter yakunlangan mavsum Germaniya Bundesligasida jami 29ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!