"Tottenxem" Keynni "Bavariya"ga bermoqchi emas!

  • 10 iyul, 2023, 16:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi "Bavariya"ning Xarri Keyn bo‘yicha yuborilgan navbatdagi taklifini rad etdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar hujumchi uchun 80 million evro taklif qilgan. Biroq London klubi rahbariyati bu summani kam, deb hisoblagan. Futbolchining o‘zi tez orada kelajagi borasida bir qarorga kelishi aytilmoqda. 

avvalroq, Keynga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. "Qirollik klubi" angliyalik forvardni Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar chiqqandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!