
"Tottenxem" "Kristal Pelas" etakchilaridan birini tarkibga qo‘shib olishga yaqin
"Kristal Pelas" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze Londonning boshqa bir klubiga o‘tish arafasida turibdi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 63 million evroni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda klublar bonuslarni muhokama qilishmoqda. Ta’kidlanishicha, transfer summasining 15 foizi Ezening sobiq klubi - "Kuinz Park Reynjers"ga beriladi.
27 yoshli Eze allaqachon "shporlar" bilan 2030 yilning yozigacha bo‘lgan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlarini kelishib olgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Kristal Pelas" safida ikki uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlar ko‘rsata olmadi.
Fikrlar