"Trabzonspor" Saloҳ bilan shartnoma imzolaganini rasmаn e'lon qildi

  • 06.08.2026 18:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloҳ endi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi.

«Trabzonspor» klubi o‘zining rasmiy sahifalari orqali 34 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasi imzolanganini ma’lum qildi. Tomonlar ikki mavsumga mo‘ljallangan kelishuvga erishgan.

Ma’lumki, Saloҳ uzoq yillar davomida «Liverpul» sharafini himoya qildi. U o‘tgan mavsumda jamoa tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va jamoadoshlariga 10 ta golli pas yo‘lladi. Mavsum yakunlangach, u erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, shu yozda Salah Misr terma jamoasi bilan 2026 yildgi jahon chempionati musobaqasida ishtirok etdi. Uning jamoasi mundialning 1/8 finaligacha yetib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!