Transferlar oynasi yopilganiga qaramay "Barselona"ga yangi hujumchi sotib olish imkoni berildi

  • 17.02.2020 19:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi jamoaning ikki asosiy hujumchisi Luis Suares va Usmon Dembele jiddiy jarohat olgani bois transfer oynasi rasman yopilganiga qaramay yangi hujumchi sotib olish huquqiga ega bo‘ldi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra buning uchun kataloniyaliklarga faqatgina 15 kun muddat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Anxel Rodriges ("Xetafe"), Lukas Peres ("Alaves"), Loren Moron ("Betis") va yana bir qator hujumchilar nomzodi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!