Trentni qo‘ldan chiqargan “Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha muhim qarorga keldi

  • 28 mart, 17:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” tarkibida yozda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda. Klub bilan hamkorligi 30 iyun kuni yakunlanadigan yulduzlardan Trent Aleksander-Arnold kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘ldi.

Tecno

26 yoshli qanot himoyachisi jamoada qolmaydi va faoliyatini “Real”da davom ettirishga qaror qilgan.

Bu voqeadan keyin “Liverpul” rahbariyati erkin agentga aylanish arafasida turgan Muhammad Saloh masalasiga jiddiy e’tibor qarata boshladi.

Masrawy nashrining yozishicha, liverpulliklar misrlik to‘purarga o‘ta manfaatli shartnoma taklif qilgan va shundan so‘ng tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda ijobiy siljishlar kuzatila boshlandi.

Muhammad Saloh joriy mavsumda jamoa muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynayapti. 32 yoshli to‘purar barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol va 22 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!