
TsSKA rahbarlari Fayzullaevga qanday baho berdi?
“Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasida ishtirok etib kelayotgan TsSKAga transferi rasman e’lon qilinganidan keyin mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalarini bildira boshladi.
Moskvaning TsSKA klubi 4 avgust kuni “Paxtakor”dn 19 yoshli Abbosbek Fayzullaevni transfer qilingani haqida rasmiy ma’lumot tarqatdi.
TsSKA bosh direktori Roman Babaev nega klub rahbariyati aynan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaevni transfer qilganini quyidagicha izohladi.
- Juda iste’dodli futbolchini shartnomada ko‘rsatilgan qulay narxda sotib olish optsiya orqali transfer qilish imkoniyati paydo bo‘lgan edi. Biz bu imkoniyatdan foydalanib qolishga qaror qildik. Bizning nazarimizda Fayzullaevning kelajagi porloq va yanada o‘sish uchun katta salohiyatga ega, - dedi Roman Babaev.
Moskvaning TsSKA klubi sport direktori Andrey Movsesyan ham “Paxtakor” hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisining transferi bo‘yicha o‘z fikrlari va qarashlarini ma’lum qildi.
- Bu TsSKAning Abbosbek Fayzullaevni rivojlantirish bo‘yicha alohida loyihasi bo‘ladi. Biz bu urinishlarimiz vaqti kelib, samara berishiga aminmiz.
Abbosbek yuqori saviyali o‘yinchiga aylana oladi va kelajakda jamoamiz muxlislarini xursand qiladi, - dedi Andrey Movsesyan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Paxtakor” rahbariyati mavsumning qizg‘in pallasida etakchsi o‘yinchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullaevni TsSKAga qo‘yib yuborishni istamagan. Biroq, futbolchi, uning agenti va TsSKA mutasaddilari shartnomada o‘yinchini 500 ming evroga sotib olish mumkinligi belgilangan banddan foydalangan.
Oqibatda, Toshkent shahri klubi o‘z tarbiyalanuvchisini Rossiya Premer-ligasi jamoasiga jo‘natishiga to‘g‘ri keldi.
Rossiya matbuoti “Paxtakor” bosh direktori Dmitriy Adismanning Fayzullaev transferi bo‘yicha munosabatini keltirmoqda.
- TsSKAda Abbosni rasman tanishtirishdi. Biz esa hozir transferni rasmiylashtirishga harakat qilyapmiz. Transfer uchun pulni transfer huquqini faollashtirish orqali futbolchining o‘zi o‘tkazsa kerak. Shartnoma bu borada 500 ming evro miqdoridagi summa ko‘rsatilgan. Klubdan pul kelib tushgani yo‘q. TsSKA jiddiy klub. Shuning uchun ham pul ko‘chirish bo‘yicha hech qanday tushunmovchilik bo‘lmasa kerak, - dedi Dmitriy Adisman.
Eslatib o‘tamiz, TsSKA rahbariyati 19 yoshli Abbosbek Fayzullaev bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoniga ega ekani belgilangan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi yangi klubida 21-raqam ostida to‘p tepadi.
Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi
Fayzullaev TsSKA vakillariga qaysi pozitsiyalarda o‘ynashini aytdi
“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi
Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti
Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi
Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?
“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?
Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi
Fikrlar