TsSKA yarim himoyachisi jamoasini o‘zgartirishi mumkin!

  • 1 sentabr, 2024, 20:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Viktor Mendes yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Match TV telekanalining vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berishicha, chililik futbolchi “Ximki” safiga ijara asosida qo‘shilishi mumkin.

"Agar kelishuvga erisha olsak, Moskva viloyati klubi futbolchining maoshi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Ijara shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi", — dedi manba.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda maydonga tushmadi. Uning "armiyachilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" uni 4,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!