Tugunlar echilmayapti, aksincha hammasi battar chigallashib ketmoqda

  • 26 may, 2024, 20:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" so‘nggi paytlarda jamoa muxlislariga ajoyib tomoshalar ko‘rsatmoqda. Xavi yanvar oyida mavsum yakunlangach jamoani tark etishini e’lon qilganidan so‘ng Laporta avvaliga uzoq vaqt davomida Xavidan qolishini so‘radi. O‘z navbatida ispaniyalik mutaxassis buni inkor etmadi va yana bir mavsum jamoani boshqarishga rozi bo‘ldi. Biroq mavsum yakuni oldidan jamoadagi tushunarsiz vaziyatlar muxlislarni hayratda koldirdi. Gap shundaki, so‘nggi tur oldidan kataloniyaliklar sport direktori Deku va muxlislarga tanish Boyan Krkich nemis mutaxassisi Xans-Diter Flik bilan muzokaralar olib borish uchun Londonga yo‘l olishdi. Vakillar Flikning roziligini olib qaytishdi. Shunday bo‘lsa-da, Xans "Barselona"da uni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonib xato qiladi. Sababi, Ispaniya klubi boshqaruv borasida "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan unchalik farq qilmaydi. 

Xavi mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, u ketishi haqidagi xabarlar tarqalishi muxlislar orasida shov-shuvlar va kulgiga sabab bo‘ldi. Ketar ekan nega jamoada olib qolishdi? Barchasi Xavining bayonoti bilan bog‘liq: Vaziyat murakkab va chalkash. Ilgari murabbiy o‘yinchilarni ortga qaramasdan tanlagan edi, ammo endi hammasi boshqacha. U o‘z bayonotida klub endilikda "Real" va boshqalar bilan raqobatlasha olmaydi degandi. Biroq vaziyat har doim ham shu zaylda davom etmaydi. 

Mazkur bayonotdan so‘ng Deku va Laporta haqiqatdan xafa bo‘lishdi. Sababi, klubning moliyaviy ahvoli hammaga ma’lum. Klub to‘rt yil ichida 613 million evro qarzini to‘lashi kerak, 2032 yilga qadar esa eski va yangi kreditlaridan qutilish uchun jamoaga 1,3 milliard daromad zarur. Laporta Xavining bu gaplari investorlarni qo‘rqitishi mumkin deb uyladi. Bir paytlari Xavi hotirjam murabbiy edi. Kataloniya klubida u qizil kartochkalar va nojo‘ya harakatlar bilan asabiy murabbiyga aylandi. Klub rahbariyati Chempionlar ligasi va La Ligadagi muvaffaqiyatsizliklarda murabbiyni ayblashdi va bunga javoban klubninig moliyaviy holati sabab ekani aytildi. Vaziyat juda chalkash, Xavi esa xaq. Hammasi shunchalik jiddiyki, xatto inqiroz haqida eslatish ham murabbiyni haydashga sabab bo‘lmoqda. 

Flik "xaloskor" sifatida olib kelinmoqda. Xans-Diter "Bavariya" bilan 19/20 mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Aynan u mashhur pley-off o‘yinida "Barselona"ni 8:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Laporta "Barselona"ning sobiq himoyachisi, "Barselona B" murabbiyi, meksikalik Rafa Markesga emas, balki nemis mutaxassisga ko‘proq ishonmoqda. Sababi, Flik ancha tajribali murabbiy. Biroq Xans jamoani qay tarzda tiklay oladi? "Barselona" yangi o‘yinchilarga muhtoj. Levandovski va Ter Shtegen Flikni yaxshi bilishadi va uni ijobiy qabul qilishlari aniq. Shunday bo‘lsa-da, jamoa faxriylari va yosh futbolchilarga Laportaning bu qarori yoqmasligi mumkin.

Jamoadagi g‘alati boshqaruv ko‘plab yirik loyihalarni barbod qildi. "Barselona" ko‘plab o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch keldi. Shunga qaramasdan, La Liga ko‘p narsaga ko‘z yumdi. Negaki, ularga "el-klassiko" kerak. "Barselona" har doim vaziyatdan chiqib ketadi. Bu safar ham shunchaki Xavini aybdor qilib qo‘ydi. Xavi-ku mayli, jamoadagi ba’zi futbolchilar maoshi qisqartirilib, bu pullar esa jamoani bir necha bankrotlardan saqlab qoldi. 

Kelgusi yozda sport direktori Deku va Flik bir qator transferlarni amalga oshirishi kutilyapti. Shu bilan birga jamoadan ketadiganlar ham bor. Urugvaylik markaziy himoyachi Arauxo, markaziy yarim himoyachi De Yong va xattoki yosh iste’dod egasi Gavi ham yozda boshkqa jamoaga ketishi mumkin. Bunga "Evro-2024" xamda "Kopa Amerika" xam o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 

Qisqasi, bunday chalkashlik va jamoa ichki muhitidagi vaziyatning jiddiyligiga - futbolda pulni bexuda sarflaganlik uchun jazo yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Sobiq prezidentlar va Laporta ham "Barselona"ning moliya bo‘limidagi ishlariga doim aralashib kelishgan. Bunday holatlarni tekshiradigan hech kimning yo‘qligi juda achinarli. Natijada, milliardlab pullar o‘zlashtirib yuborilgan. Xavi shuni nazarda tutgan edi va haqiqatni aytgani uchun ishdan olindi. 

Bir paytlar gigant klublardan biri bo‘lgan jamoaning vaziyati biroz achinarli. Ayrimlarimiz esa ichkaridagi vaziyatdan to‘liq boxabar bo‘lmay, ularda hammasi joyida, deb yuribmiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!