Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kantening transferiga yordam berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yaqinda N'Golo Kantening Istanbulning "Fenerbahçe" klubiga o‘tishiga sababchi bo‘ldi.
"O‘z nomimdan va klub nomidan prezident Erdo‘g‘anga futbolchining muvaffaqiyatli transferini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu "Fenerbahçe"ga ham, umuman Turkiya futboliga ham foyda keltiradi", - deya klub prezidenti Sadettin Saranning so‘zlarini keltiradi Istanbul klubi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir-ikki yil davomida fransiyalik mashhur havbek Saudiya Arabistonida "Al-Ittihod" safida to‘p surgan edi. Bungacha jahon chempioni va ikki karra Angliya chempioni Angliyada "Lester" va "Chelsi" klublarida to‘p surgan. Hozirda Kante 34 yoshda.
"Fener" Turkiya chempionatida 46 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Galatasaroy"dan ortda qolish - uch ochko.
Fikrlar