Turkiya Superligasi. Shomurodov assist qilgan uchrashuvda "Istanbul Bashakshehir" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Turkiya Superligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Karagyumryuk" - "Istanbul Bashakshehir" klublari ishtirokidagi bellashuvda mehmonlar ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, birinchi bo‘limning 25-daqiqasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov hisobni ochgan edi. Biroq, gol ofsayd sabab bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Ivan Brnich hisobni ochdi. Mazkur golga terma jamoamiz sardori assistentlik qildi. Bundan tashqari, oradan 4 daqiqa o‘tib Anil Yigit Chynar avtogol muallifi bo‘ldi.
Shuningdek, uchrashuvning 83-daqiqasida Eldor Shomurodov zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullaev esa bugungi to‘qnashuvning qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Fotih Karagyumryuk
Tugadi
0
:
2
17.09.2025 22:00
Istanbul Bashakshehir
- Ivan Brnic 65'
- Anıl Yiğit Çınar 69'

Fikrlar