
Tuxel "Bavariya"ga sobiq shogirdini olib kelmoqchi
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele yozda "Bavariya"ga o‘tishi mumkin. Uning transferini myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel istamoqda, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo" nashri.
Dembelening "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Uning tovon puli 44 million evro bo‘lishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lumot bergandi. Frantsiyalik vinger ajoyi mavsum o‘tkazayotgan bo‘lishiga qaramay, jamoa moliyaviy holatini yaxshilash uchun bitta futbolchisidan ayrilishi kerak. Agarda nemislar yaxshi taklif bilan chiqsa, mazkur transfer amalga oshishi mumkin.
Usmonga Bundesliga begona emas. U 2016-2017 yillar davomida "Borussiya"da Tuxel qo‘l ostida to‘p tepgan. 25 yoshli vinger sobiq jamoasiga 140 million evro foyda keltirgan.
Fikrlar