Tuxel ispan grandlaridan birida ish boshlashi mumkin
Tomas Tuxel Ispaniya jamolaridan birini boshqarishi mumkin.
"Tomas Tuxel endi Angliyada yashamaydi. Murabbiy ispan tilini tez o‘rganmoqda", - deb yozadi "Sport Bild" jurnalisti Kristian Falk o‘z "tvitter" sahifasida.
Falk "tvit"ida " Barselona" va "Atletiko"ni ham tilga oldi. Avvalroq, Tuxel "Real", "Barselona" yoki "Yuventus" jamoalaridan birida ishlashni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
49 yoshli mutaxassisning so‘ngi ish joyi "Chelsi" bo‘ldi. Shu yilning sentyabr oyida u jamoadan ketgandi.

Fikrlar