Tuxeldan voz kechishdi

  • 24 mart, 2022, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Chelsi” atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, “aristokratlar” ustozi Tomas Tuxel bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘moqchi edi. Aniqrog‘i, germaniyalik mutaxassisga yozda o‘z hamyurti Ralf Rangnikning o‘rnini egallashni taklif qilayotgan edi.

Tuxelning o‘ziga ham bu variant ma’qul kelgandi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, manchesterliklar jamoani Tuxel boshqarishi haqidagi xabarlarning barini inkor etgan.

Klub mutasaddilarining ma’lum qilishicha, ayni paytda faqat to‘rt nafar mutaxassis – Maurisio  Pochettino, Erik ten Xag, Luis Enrike va Xulen Lopetegi nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!