
Tyago Silva "Oltin to‘p" uchun da’vogarlarni baholadi
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Tyago Silva 2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar haqida fikr bildirdi:
"O‘ylaymanki, Usmon Dembele “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun eng asosiy da’vogar hisoblanadi. Mavsum oxiridagi bosqich hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayniqsa, agar frantsiyalik hujumchi Chempionlar ligasini yutsa, ushbu sovrin uchun imkoniyatlari keskin oshadi..
Shuningdek, Lamin Yamal va Rafinya ham bor — ular ham juda zo‘r mavsum o‘tkazishdi. Menimcha, bu uch futbolchidan biri "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi" - deya ta’rif berib o‘tdi braziliyalik fulbek.
Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkaziladigan marosim joriy yilning 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar