U-17 Jahon chempionati. Dramatik kechgan bahsda Germaniya Argentinani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi

  • 28 noyabr, 2023, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim final uchrashuvlari start oldi. Ilk o‘yin Argentina va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs asosiy vaqti 3:3 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa 2:4 hisobida nemislar zafar quchdi va ilk finalchi nomiga sazovor bo‘ldi. 

Ikkinchi yarim final bahsida Frantsiya va Mali terma jamoalari kuch sinashadi. Mazkur bellashuv g‘olibi finalda Germaniya bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib boradi. Uchrashuv birozdan so‘ng 17:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!