U-17 JCh: Qaysi jamoaning g‘olib bo‘lish ehtimoli yuqori? O‘zbekiston ham nomzodlar qatoridan joy oldimi?

  • 05.11.2025 16:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bir necha kun avval 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionati ham start oldi. Mashhur nashrlardan biri "AlJazeera" ushbu Jahon chempionati haqida bilishimiz kerak bo‘lgan ayrim muhim ma’lumotlarni, turnir ishtirokchilari, turnir setkasi, shuningdek, chempion bo‘lish uchun asosiy favoritlarni ham e’lon qildi. Ushbu nomdodlar ichida ham O‘zbekiston U-17 terma jamoasi nomi tilga olinib, alohida e’tirof etildi.

Braziliya — Qatardagi turnirda asosiy favorit hisoblanadi.
U-17 jahon chempionatida beshinchi marotaba g‘olib bo‘lishga intilayapti.
Janubiy Amerika chempioni sifatida Braziliya mintaqa jamoalari orasida eng kuchli sanaladi va bu unvonini rekord 14 marta qo‘lga kiritgan.

Nigeriya terma jamoasining bu safargi jahon chempionatiga chiqa olmagani braziliyaliklarning 2025 yilgi mundialdagi eng muvaffaqiyatli jamoa ekanini anglatadi.

Portugaliya va Frantsiya ham chempionlik uchun asosiy nomzodlar.
Portugaliya iyunda uchinchi U-17 Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi.
Frantsiya esa katta turnirlarda ko‘pincha yaxshi natija qayd etadi.

Germaniya 2023 yilgi jahon chempionati g‘olibi bo‘lsa-da, Evropa chempionatida guruhdan o‘ta olmagani sababli bu safar ulardan yuqori natija kutilmaydi.

Ikki marotaba Jahon chempioni bo‘lgan Meksika ham turnirning asosiy favoritlaridan hisoblanadi, ularning bu final bosqichidagi ishtiroki esa sakkizinchi marta ketma-ket bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, Osiyo chempionlari O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni esa kutilmagan natijalar ko‘rsatishi mumkin bo‘lganlar sifatida e’tiborga loyiq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!