U 20 Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynni ham tor-mor etdi

  • 29 sentabr, 2024, 14:28
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun U 20 Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi so‘ngi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur saralash turnirini 100 % lik ko‘rsatkich bilan tugatadigan bo‘ldi.

Biroz avval yakuniga etgan Bahraynnga qarshi o‘yinda vakillarimiz yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Nurlan Ibraimov dublga erishgan bo‘lsa, Dilshod Abdullaev, Muhammadali O‘rinboev va Daler Tuhsanovlar ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi.

Endi yoshlarimiz kelasi yili Xitoy mamlakati mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni avvaldan belgilangan reja asosida davom ettiradi. 

Tecno



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улаш Исломов Адашевич
29/09/2024 21:57
Олға йигитлар.
&
Toʻlqinjon Sultanov
06/10/2024 19:23
zoʻr