U "Arsenal"ni tanladi

  • 17.08.2020 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Lill” himoyachisi Gabriel Magalyaes tez orada “Arsenal”ga ko‘chib o‘tadi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “kanonirlar” 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha bo‘layotgan raqobatda “Napoli”ni ortda qoldirishga erishgan. Qayd etish lozimki, har ikkala klub ham Gabriel uchun 28 mln evro taklif qilgan. Biroq futbolchi “Arsenal” variantini tanlagan.

Magalyanes o‘tgan mavsum “Lill” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

"Arsenal" "Real" va "Napoli" ko‘zlayotgan braziliyalik futbolchini "ilib ketmoqchi"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!