U bunga Gvardiola sabab rozi bo‘ldi

  • 01.12.2020 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne “shaharliklar” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda CBS Sports xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli belgiyalik futbolchining “Siti” bilan tuziladigan yangi kelishuv muddati 5 yilni tashkil etadi. Uning jamoada qolishiga bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning yaqindagina “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

De Bryuyne “Manchester Siti” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. APL grandi uni "Volfsburg"dan 74 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!