Mourino undan yuz o‘girdi!

  • 12.07.2022 12:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi mavsumda ispaniyalik hujumkor futbolchi Karles Peresga imkoniyat bermoqchi emas. Bu haqda taniqli jurnalist  Nikolo Skira xabar tarqatdi.

Shu bois, Peres tez orada Rimni tark etishi kutilmoqda.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 24 yoshli Karles o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta assist rasmiylashtirdi. Bu o‘yinchi harchand harakat qilmasin, portugaliyalik mutaxassis o‘z iqtidoriga igontira olmadi.

Peresning klub bilan yana ikki yillik bitimi bor. Shunga qaramay, u katta ehtimol bilan poytaxtni tark etadi. Bu o‘yinchiga Ispaniya va Germaniya jamoalaridan taklif bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!