U qishda "Barsa"ga qaytishi mumkin

  • 05.10.2021 17:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" safida ijarada to‘p tepayotgan Antuan Grizmann qishda Madrid klubini tark etishi mumkin. Bu haqda "Calcio Mercato" nashri xabar bermoqda.  

Frantsiyalik futbolchining transfer huquqi ayni damda "Barselona"ga tegishli. Agar, u yaqin vaqtlar ichida "Atletiko" murabbiylar shtabiga o‘z o‘yini bilan jamoaga yordam bera olishini isbotlay olmasa, qishda katta ehtimol bilan "Barsa"ga qaytadi. 

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli forvard bu mavsum La Ligada 8 o‘yinda maydonga tushib, hali birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!