U “Siti”dan ketmoqchi!
Angliya chempionatining eng zo‘r yarim himoyachilaridan hisoblangan Riyad Mahrez bosh murabbiy Xosep Gvardiola unga etarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etmayotganidan norozi bo‘lib, “Manchester Siti”ni tark etishga qaror qildi.
Jazoirlik futbolchining oldidan hozirning o‘zida bir necha variant paydo bo‘ldi. Tomirida jazoirliklar qoni oqayotgan Zinedin Zidan Mahrezni “Real”ga taklif qilishni o‘ylamoqda. 29 yoshli hujumkor futbolchi Madriddan ketishi kutilayotgan Vinisius Junior o‘rniga olinishi mumkin.
Riyad Mahrez joriy mavsumda premer-ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marta aniq nishonga oldi va ikki marta golli pas uzatdi. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar