
Parijda so‘nggan yulduz yurtiga qaytadigan bo‘lyapti
“Liverpul”da o‘ynab yurgan kezlari dunyoning eng zo‘r yarim himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Jorjino Veynaldum bir yil muqaddam PSJ taklif qilgan katta maoshga uchib, Frantsiyaga ko‘chib kelgandi.
Niderlandiyalik futbolchi yangi klubda o‘z o‘rnini topa olmadi. Endi uning yulduzli onlari ortda qolgani aytilmoqda.
Veynaldum klubdagi omadsiz mavsumidan keyin jahon chempionatiga qisqa fursat qolganda Niderlandiya terma jamoasidagi o‘rnidan ham ayrildi.
Endi 31 yoshli futbolchi faoliyatini tiklab olish uchun yurtiga qaytib, o‘sha erda to‘p tepmoqchi. So‘nib borayotgan yulduzga “PSV Eyndxoven” ishonch bildirishga tayyor.
Fikrlar