U tez orada Zidanning o‘rnini egallaydi
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyligiga italiyalik taniqli mutaxassis Massimiliano Allegrini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Peres bundan uch yil muqaddam ham Allegrini o‘z klubiga taklif qilgan edi. Biroq, o‘shanda italiyalik murabbiy “Yuventus”da faoliyat yuritayotgani bois, Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘nmagan edi.
Ayni paytda Allegri yangi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Bundan tashqari, Florentino Peresning qo‘lida Zinedin Zidanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yana ikki mutaxassisning ro‘yxati bor.

Fikrlar