U14 O‘zbekiston chempionati. Finalchilar nomi ma’lum

  • 12 oktabr, 2021, 17:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

U14 O‘zbekiston chempionati yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Odil Junior" - "Navbahor" baxsi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda "Odil Junior" jamoasi raqibdan 3:0 hisobida ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Jamoa safida Og‘abek Eshmamatov bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Akmal Ahmatov dublga erishdi.  Shuningdek, bir necha soat oldin yakuniga etgan "Xorazm" - "Paxtakor" o‘yinida xorazmliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. 

Shunday qilib, mazkur turnir finalida "Odil Junior" hamda "Xorazm" uchrashuviga guvoh bo‘lamiz. Ushbu bellashuv 14 oktyabr sanasida 16:00da boshlanadi. Musobaqaning uchinchi o‘rini uchun "Paxtakor" - "Navbahor" jamoalari kurash olib boradi. 

O‘yinlar SPORTS.uz saytining "Youtube"dagi sahifasi orqali jonli efirda namoyish qiliniadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!