
Ubaydullaev jamoasi Armaniston chempionati autsayderiga imkoniyatni boy berdi
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan Soligorskning "Shaxtyor" jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Ushbu bellashuvda ularga Armaniston klubi "Pyunik" raqiblik qildi.
Murosasiz bahs taqdirini Leyte tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Shahzod Ubaydullaev uchrashuvning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.
Fikrlar