
Uch nafar vakilimiz Osiyo kubogining 2 uchrashuviga tayinlov oldi
Joriy yilning 15 iyunidan boshlab Tailandda U-17 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tayotgani va unda 3 nafar o‘zbekistonlik vakil ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi
Bugun, 18 iyun kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2 uchrashuvda uchala vakilimiz ham ishtirok etadi. Unga ko‘ra, Vladislav Seytlin “A” guruhidan o‘rin olgan Malayziya – Tailand uchrashuvida nazoratchilik qilish uchun tayinlov olgan. Shuningdek, Rustam Lutfullin hamda Alisher Usmonov “A” guruhining yana bir uchrashuvi — Laos – Yaman qarama-qarshiligida bosh va yordamchi hakam sifatida ishtirok etishlari ma’lum qilingan.
Fikrlar