
UEFAdan yana bir inqilob! Chempionlar ligasi yangi formatga o‘tadi
UEFA evrokuboklar uchun yangi formatni joriy etdi.
Endilikda, Chempionlar ligasida 36 jamoa umumiy jadval asosiyda to‘p tepadi. Shuningdek, guruh bosqichida avvalgidek 3 tadan uy va safar o‘yini bo‘lmaydi. Buning o‘rniga bir klub 8 turda 8 xil jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.(4 ta uy, 4 ta mehmon)
Dastlabki 8 o‘rin egalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi. 9-24-o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqish uchun ikki uchrashuvdan iborat pley-off o‘yinida ishtirok etadi.
Ma’lumot o‘rnida, EChL 2024/2025 yildan boshlab yangi formatda o‘tkaziladi.
Fikrlar