"Ufa" bosh direktori: Oston O‘runov bizga kerak emas edi

  • 10.08.2022 21:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov “Sport-express” muxbiri bilan suhbatda klub "Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runovni sotib olish borasida muzokara olib bormaganini aytdi.

“Biz joriy mavsum Oston O‘runov nomzodini ko‘rib chiqmadik, chunki “Ufa”da to‘rtta legioner o‘rnini qaysi futbolchilar egallashini avvalroq hal qilgan edi. Oston — umidli futbolchi, ammo bu mavsum biz unga muhtoj emas edik. Uning “Ximki”dagi muvaffaqiyatini bashorat qilishga hali erta. Birinchidan, u “Ximki” bilan shartnoma imzolashi kerak”, — dedi Gazizov “Sport-express” nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq O‘runov “Ximki”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko‘ra, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi mazkur jamoaga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.

Qayd etilishicha, “Ximki” yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinishini kutmoqda. O‘runovning “qizil-oqlar” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!