UFC ni zabt etmoqchi bo‘lgan, Tayson Fyuriga Dana Uaytdan javob...

Dana Uayt Tayson Fyurining so‘zlariga e’tibor qaratmadi. U Uayt bilan og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Stipe Miochich yoki Frensis Ngannu bilan jang qilish imkoniyatini muhokama qilmoqchi edi.

“Bilasizmi, men boshqa sportga o‘tishning muxlisi emasman. Tayson Fyurining jahonning eng kuchli 4 bokschisidan biri. U yaxshi pul topadi va u bilan barcha narsa ajoyib ko‘rinish olgan. Nega u bu erga kelib, o‘zini sinab ko‘rmoqchi? Bu uning uchun yaxshi bo‘ladi deb o‘ylamayman"- dedi Uayt ESPN ga bergan intervyusida.

Avvalroq, britaniyalik bokschi MMAni ham zabt etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!