
"UFC on ESPN 71" turnirida 2 jangchi vazn meyorini bajara olmadi
O‘zbekiston vaqti bilan 3 avgust tongiga yaqin, soat 03:00 da AQShning Las-Vegas shahrida "UFC on ESPN 71" turniri start oladi. Kechaning markaziy jangida yaponiyalik Tatsuro Tayra va janubiy koreyalik Yun Sun Pak o‘zaro jang qiladi.
Quyida vazn o‘lchash marosimida qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Asosiy kard:
Tatsuro Tayra (57.15 kg) — Yun Sun Pak (57.15 kg);
Kris Dunkan (70.76 kg) — Mateush Rebetski (70.53 kg);
Elvis Brener (70.53 kg) — Esteban Ribovich (70.53 kg);
Nora Kornoll (61.69 kg) — Karol Rosa (61.69 kg);
Nil Megni (77.34 kg) — Elizeu Zaleski dos Santos (77.56 kg);
Denni Silva (65.54 kg) — Kevin Valexos (66.22 kg);
Prelim:
Natan Fletcher (61.46 kg) — Rinya Nakamura (61.69 kg);
Treshin Gor (85.96 kg)* — Rodolfo Vieyra (83.91 kg);
Nik Klyayn (84.37 kg) — Andrey Pulyaev (84.14 kg);
Felipe Bunes (56.7 kg) — Rafael Estevam (58.97 kg)**;
Pera Rodriges (52.62 kg) — Ketlin Souza (52.62 kg);
Ostin Bashi (66 kg) — Jon Yannis (66 kg).
Treshin Gor vazn meyoridan 1,59 kg ga og‘irroq chiqqani bois gonorarining 25% ini raqibga beradi. Shuningdek, Rafael Estevam ham ushbu oqshomdan olajak pullarininig 25% ini raqibiga taqdim etadi.
Fikrlar