UFC Oq Uydagi turnir uchun dahshatli summa sarflamoqchi

  • 25.02.2026 10:51
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 14 iyun kuni Oq Uyda UFC turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, promoushen mazkur oqshom uchun 60 million dollar sarflashga tayyor. Bu liga tarixidagi eng katta summa bo‘lishi kutilyapti. Hozirga qadar rekord 20 million dollarni tashkil etadi. U ham bo‘lsa, "UFC 306" turnirida sarflagan.

Rejalarga ko‘ra, muxlislar uchun Oq Uydagi arenadagi o‘rindiqlar soni 3000 dan kam bo‘lishi, 1000 ga yaqin AQSh harbiylari uchun yana alohida zahira o‘rindiqlari tayyorlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!