
UFC yulduzi Xorxe Masvidal Kaneloni jangga chorladi
2 noyabrda Meddison Skver Gardenda UFC 244 doirasida o‘zining navbatdagi jangida Neyt Dias ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishgan Xorxe Masvidal boks yulduzi 4 vaznda jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvaresni jangga chorladi. 2 noyabrdagi UFC va boks oqshomi bir vaqtga to‘g‘ri kelganligi uchun Saul Alvares va Sergey Kovalyov ishtirokidagi asosiy jang va anderkard janglari orasida katta tanaffus bo‘ldi. Bu vaqt oralig‘ida MGM Grand arenasida katta monitor orqali Masvidal va Dias o‘rtasidagi jang namoyish qilindi.
"Men boks tusha olaman va Kaneloning yuzini buzishga qodirligimni his qilmoqdaman. Balki bir kunda va bir vaqtda jang o‘tkazganligimiz bunga qandaydur belgidir. Biroq men u bilan ringda hisob kitob qilib olishni hohlayman" - dedi Masvidal.
Fikrlar