UFC'ga aylanib ketgan bahsda Portugaliya g'alaba qozondi
Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Portugaliya o‘z maydonida Chilini qabul qildi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Dastlab, 58-daqiqada Gonsalu Gedesh hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada Brunu Fernandes jamoasining ustunligini mustahkamladi. Biroq 90+2-daqiqada Sepeda hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, bahs davomida Rafael Leau va Ivan Roman o‘rtasida keskin tortishuv yuzaga keldi. Natijada bosh hakam har ikki futbolchiga ham qizil kartochka ko‘rsatib, ularni maydondan chetlatdi.
Shu tariqa, Roberto Martines shogirdlari bo‘lajak mundial oldidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat uchrashuvida g‘alaba qayd etdi.
- World - Xalqaro o'rtoqlik ucharuvlari
- Friendlies 1
Portugaliya
- Gonçalo Guedes 58'
- Bruno Fernandes 75'
Tugadi
2
:
1
06.06.2026 22:45
Chili
- Lucas Cepeda 90'

Fikrlar