Ular "Andijon"ga sodiq qolishdi. Yoxud "burgutlar"ning ikki etakchisi ortga qaytdi
Yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadigan "Andijon" tayyorgarlikni Xonabodda davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, tarkibga o‘tgan mavsum jamoa safida o‘ynagan ayrim etakchi futbolchilar qaytgan. Darvozabon Eldor Adhamov va tajribali Azamat Isroilov shular jumlasidandir.
"Eldor Adhamov mard yigit ekan, gapining ustidan chiqdi. «Andijon»da qolmoqchi ekanligini anchadan buyon ta’kidlab kelayotgandi. Oldida bir qator Superliga vakillaridan takliflar borligiga qaramay, lafzida turdi. Oilaviy sharoiti tufayli hozircha kela olmasligini aytayotgandi. Shunga, ishonchsizlik ortib, ishqibozlar tomonidan turli fikrlar bildirilishi darvozabonga qattiq botgan ko‘rinadi.
Bugun Xonobodga etib kelib, yangi shartnomaga imzo chekib, vaqt allamahal ekanligiga qaramay, ortiga qaytdi. Shu tariqa klubdagilar va mahalliy ishqibozlarning ko‘nglini hotirjam qilganligi rost. Toshkentdagi ayrim shaxsiy ko‘rinishdagi muammolarini hal qilib olgach, jamoaning yig‘inlariga qo‘shiladigan bo‘ldi. Shuningdek,tajribali universal o‘yinchi Azamat Isroilovning yana safimizga qaytganligini alohida e’tirof etmoqchimiz. Bir oy ilgari uni jamoani tark etganlar qatoridagi ro‘yxatga kiritgandik. Vaziyat ijobiy tarafga o‘zgarib, bosh murabbiy bilan gaplashib olganlaridan so‘ng yana bir mavsum klub sharafini himoya qiladigan bo‘ldi, - deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.



Fikrlar