Ulug‘bek Baqoev "Zenit"da! (foto)

  • 23.09.2022 20:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytlarda murabbiy sifatida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan Ulug‘bek Baqoevning “So‘g‘diyona” klubida amalga oshirayotgan ishlari ancha samarali bo‘lib, bu natijalarda ham o‘z aksini topmoqda. Lekin Ulug‘bek Istamovich hozirgi qayd etayotgan ko‘rsatkich va natijalari bilan cheklanib qolmoqchi emas.

Tecno

U o‘z ustida ishlashda davom etmoqda. Buning uchun xorijiy tajriba ham murabbiy uchun asqotishi tayin. Shu maqsadda “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi amaliyot o‘tash uchun Rossiya chempionati etakchilaridan biri – “Zenit” klubiga yo‘l olgan. Bu haqida murabbiy Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

ulugbek

“Hozir FIFA kunlari sababli terma jamoalar o‘ynashmoqda. Chempionatda dam olish kunlaridan unumli foydalangan holda “Zenit” klubida amaliyot o‘tkazib qaytishga qaror qildim.

ulugbek2

Bosh murabbiy Sergey Bogdanovich bilan telefon orqali suhbatlashdim. Semakka “Zenit”da malaka oshirmoqchi ekanligimni aytdim va roziligini bildirdi. Klubda meni juda yaxshi kutib oldilar.

ulugbek3

Jamoaning mashg‘ulotlarini tomosha qilyapman. Klub qarorgohi, infrastrukturasi, umuman barcha-barchasi yuqori darajada. Qisqa vaqt bo‘lsa ham bu erdagi vaqtim ajoyib o‘tyapti va menga yoqyapti. Bu erda o‘zim uchun ko‘p narsa o‘rganyapman. Ular bilan yana qator masalalarda fikr almashyapmiz. Ushbu safar men uchun har tomonlama foydali bo‘lyapti”, - deydi Baqoev.

Rossiya premer-ligasida “Zenit” ayni paytda 10 ta turdan so‘ng 26 ochko jamg‘arib, mag‘lubiyatsiz holda musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

ulugbek1

Baqoev esa “Zenit” klubida malaka oshirishi o‘zi uchun ham ayni muddao. Bilasiz, uning klubi hozir O‘zbekiston chempionati, O‘zbekiston Kubogi va OFK Kubogida g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. Endilikda “Zenit” klubida o‘rgangan bilimlarini o‘z jamoasida amalda qo‘llaydi. Baqoev u erga 20 sentyabrda ketgan bo‘lib, 25 sentyabrda qaytishi ko‘zda tutilgan.

"3 ta musobaqaning biridan voz kechish noto‘g‘ri, Denisov afsuslanmayapti" - yangi tarix yaratayotgan Ulug‘bek Baqoev OFK Kubogini zabt etmoqchi. Suhbatda yana nimalarni aytdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Myelin SheathXD
24/09/2022 14:16
Olg'a baqoyev! Sug'diyona Chempion bolsin!
&
● 10 ●
23/09/2022 22:38
Молодец Бакаев....!!!!.. Мы гордимсья с тобой.