Usman Nurmagomedovning keyingi raqiblari kim?
MMA afsonasi, 37 yoshli Xabib Nurmagomedov PFL chempioni Usmon Nurmagomedovning keyingi raqiblari haqida aytib o‘tdi.
"Hozircha Usmonga mos uchta raqibni ko‘ryapman: avval Pol Xyuz, keyin Alfi Devis va undan so‘ng Archi Kolgan. Usmon bir yil ichida shu yigitlarni mag‘lub etsa, juda zo‘r bo‘ladi. Chunki hozirda shular PFL dagi eng kuchli yigitlar. O‘ylaymanki, PFL ham xuddi shunday rejaga ega", — dedi Xabib "Okko MMA" kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Usmon Nurmagomedov — hali mag‘lubiyat ta’mini totmagan.
Fikrlar