Usmon Dembele: Men bunaqa pulga o‘ynamayman!

  • 28.06.2022 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Usmon Dembele “Chelsi”ga o‘tishi haqida xabardar ko‘payib ketgandi.

Ispaniyaning Sport.es sayti xabar berishicha, 25-yoshli hujumkor futbolchiga “aristokratlar” taklif qilgan maosh yoqmagan.

Aslida Dembele Kataloniyada qolishni istamoqda. Xavi ham uni olib qolishga tayyor. Biroq tomonlar maosh miqdori borasida anchadan beri kelisha olmayapti.

Dembele o‘tgan mavsumda “Barselona” safida La Ligada 21 marotaba maydonga tushib, bitta gol va 13 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!