Ustoz meni, “Chelsi”ga olib keting!

  • 29.09.2022 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Brayton” hujumchisi Leandro Trossard ustozi Grem Potter ortidan “Chelsi”ga o‘tishni istamoqda.

“Aristokratlar” bu jamoaning yana bir vakili Mark Kukurelyani ham transfer qilgan edi. Bu himoyachi uchun londonliklar yozda 62 million funt sarflagandi.

Ikki klub o‘rtasidagi hamkorlik Leandroda ham superklubga o‘tishiga umid uyg‘otmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli belgiyalik  vinger sobiq ustozidan yangi jamoaga taklif kutyapti.

Ustozimiz “Chelsi”ga o‘tdi, agar imkon bo‘lsa, men ham uning ortidan o‘sha jamoaga o‘tardim. Lekin zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish niyatim yo‘q, ko‘proq o‘ynashni istayman, - dedi Trossard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!