Uzoq kutilgan voqea
Chempionlar ligasining Lissabonda yangi usulda o‘tgazilgan chorak final bosqichida “Atalanta” ustidan so‘nggi daqiqalarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan PSJ 25 yillik tanaffusdan keyin ilk bor ushbu turnir yarim finaliga yo‘llanma oldi.
Bungacha parijliklar 1995 yilgi mavsumda yarim finalda ishtirok etgan va ikki o‘yinda “Milan”ga 0:1 va 0:2 hisobida yutqazib, musobaqani tark etgan edi. So‘nggi uch mavsumda esa Frantsiya grandi nimchorak finalda ortga qaytayotgan edi.
Endi parijliklar finalga chiqish uchun “Leyptsig” va “Atletiko” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar