
UzReport "UFC 254" turnirining translyatsiya huquqini xarid qildi (Video)
24 oktyabr kuni Abu-Dabida "UFC 254" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Aralash jang san’atlari muxlislari uzoq kutgan oqshomning markaziy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji qarama-qarshi keladi.
Ushbu kechada yana bir qator qiziqarli janglarni guvohiga aylanamiz. Unga ko‘ra, Islom Maxachev, Rafael dos Anos, Aleksandr Volkov, Uolt Xarris, Sintiya Kalvillo, Loren Myorfi, Magomed Ankalaev, Ion Kutselaba va yana bir qator mohir jangchilar oktagonga ko‘tariladi.
E’tiborli tomoni, UzReport telekanali ushbu musobaqaning translyatsiya huquqini sotib oldi va janglarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatadigan bo‘ldi.
Fikrlar