
Vakant kamar, ikki da’vogar va yagona imkonyat!
Engil vazn chempionligi uchun jang yaqinlashmoqda.
Amaldagi chempion Islom Maxachev yuqori vaznga ko‘tarilgach vakant qolgan kamar uchun Iliya Topuriya va sobiq chempion Charlz Oliveyra kuch sinashadi. Bu bellashuv har ikki jangchi uchun ham nihoyatda muhim.
Yarim engil vazn chempionligidan voz kechgan Topuriya uchun bu — engil vazndagi ilk jang va u o‘z karerasidagi eng og‘ir sinovga duch kelishi tabiiy. Oliveyra esa chempionlik kamarini boy bergach, yana uni qaytarib olish va muxlislari oldida o‘zini isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu to‘qnashuv UFC engil vazn toifasida kim etakchi ekanini ham ko‘rsatadi.
Jangchilar bunga qadar turlicha yo‘l bosib kelishdi. Mag‘lubiyatsiz Iliya Topuriya 16 jangning barchasida g‘alaba qozongan. "UFC 308" turnirida Maks Xolloueyni texnik nokautga uchratgan gruziyalik, undan avval Aleksandr Volkanovskini ham sof nokaut bilan mag‘lub etgan edi. So‘nggi to‘liq davom etgan jangini esa 2023 yilda Josh Emmetga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan. U aslida engil vaznga Maxachev bilan kurashish maqsadida ko‘tarilgandi, biroq dog‘istonlik sportchi vazn o‘zgartirgach, bu bellashuv amalga oshmadi.
Charlz Oliveyra esa so‘nggi bor amerikalik Maykl Chendler ustidan yakdil qaror bilan zafar quchdi. Bundan avval Arman Tsarukyangacha mag‘lub bo‘lgan, lekin Mahachevga yutqazganidan keyin Beneil Dariushni nokautga uchratib, yana yuqoriga ko‘tarilgan edi.
Xulosa qilib aytganda, biri mag‘lubiyat nimaligini bilmagan holda, ikkinchisi esa g‘alaba va mag‘lubiyatni birdek boshidan kechirib, chempionlik sari etib keldi.
Ushbu bahs UFC tarixida qolishi aniq!
Ulug‘bek Xoshimov tayyorladi
Fikrlar