
Valverde: "Grizmanning Nyu-Yorkga safaridan xabarim yo‘q"
"Barselona" ustozi Ernesto Valverde Antuan Grizmann Nyu-Yorkga NBA chempionati "Bruklin" - "Nyu-York" o‘yini uchun borganidan xabari yo‘qligini aytib o‘tdi.
"Futbolchilar bo‘sh vaqtlarini dam olish uchun sarflashadi. Barcha uni o‘ziga qulay tarzda o‘tkaza oladi. Lekin ma’lumot uchun sizlardan minnatdorman, bu safar haqida xabarim yo‘q edi," - deydi Valverde.
Fikrlar