Varan: "Bunaqa bahslar jamoadan tashqarida sodir bo‘ladi"

  • 22.07.2022 02:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Rafael Varan o‘z jamoadoshi Krishtianu Ronalduni afsona, deb hisoblaydi. 

"Bunaqa bahslar faqat jamoadan tashqarida bo‘ladi. (uning pressing qila olmasligi haqida) Biz uni o‘z ishining ustasi, deb bilamiz va u juda mashhur. Bilamizki, ko‘pchilik uning o‘yini va MYuning saviyasi haqida ko‘p gapiradi. Bularga ko‘p ham e’tibor beraverish kerak emas. 

Krishtianu haqiqiy sportchi. U afsona va har doim jamoaga yordam beradi. U bilan birga o‘ynash juda yoqimli", - dedi "qizil iblislar" himoyachisi. 

Qayd etish lozim, bu ikki futbolchi "Real" tarkibida ham birga to‘p tepgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!