Varan PSJda Tyago Silvaning o‘rnini egallashi mumkin
Mavsum yakunlangach “Real”dan ketishini ma’lum qilgan himoyachi Rafael Varan faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchiga PSJdan qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. U parijliklar safida 34 yoshli braziliyalik himoyachi Tyago Silvaning o‘rnini egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Varanga shuningdek "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublari ham xaridor bo‘lishmoqda.
Ma’lumot uchun, Varanning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 80 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar