
Vardi "Lester" bilan shartnomasini uzaytirdi
Chempionshipda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, APLga qaytgan "Lester" Jeymi Vardini olib qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Uning shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etishi kerak edi, lekin tomonlar kelasi mavsum so‘nggiga qadar amal qiladigan bitimga imzo chekishdi.
Yakuniga etgan mavsumda "tulkilar" uchun 20 ta gol urgan hujumchi 2012 yildan beri klub bilan birga. 37 yoshli ingliz190 ta goli bilan jamoaning barcha davrlardagi 3-to‘purari bo‘lib turibdi.
"Yosh shunchak raqam xolos. O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Shu sababli, oyoqlarim "bo‘ldi o‘yin tugadi", deguncha yugurishda davom etaman", - dedi Vardi.
Fikrlar