Varga shifoxonaga olib ketilayotganda qanday holatda bo‘lgan

  • 24 iyun, 2024, 21:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vengriya va "Ferentsvarosh" hujumchisi Barnabash Varga Shotlandiyaga qarshi Evropa chempionati guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida (1:0) jarohat olib, shifoxonaga olib ketilayotganda hushiga kelib, gapira olgan edi.

Tecno

Bu haqda Frantsiyaning "RMC Sport" nashri Germaniyaning "Magenta TV" telekanaliga tayanib xabar berdi.

Varga o‘yinning 68-daqiqasida shotlandiyalik darvozabon Angus Gann bilan to‘qnashib ketgandi. Hujumchi maydondan zambilda olib ketildi. Ferentsvarosh shifokori Gergeli Panichning aytishicha, Barnabashning ko‘p yuz suyaklari singan.

Ma’lumot o‘rnida, "A" guruhida uchta o‘yindan so‘ng Vengriya terma jamoasi uch ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rindan joy oldi. Germaniya terma jamoasi etti ochko bilan kvartetda birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Murod Yakin boshchiligidagi Shveytsariya egallagan bo‘lsa, Shotlandiya esa bir ochko bilan "A" guruhini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!